Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu xalqga xitob qildi...

Qilgan ma’ruzasida demokratiya borasida to’xtalib, terrorga qarshi “ Huzur va demokratiya operatsiyalari davom etishini bildirdi.

310379
Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu xalqga xitob qildi...

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, “Yangi Turkiya yo’lida” nomli ma’ruzasi bilan xalqga xitob qildi.
Qilgan ma’ruzasida demokratiya borasida to’xtalib, terrorga qarshi “ Huzur va demokratiya operatsiyalari davom etishini bildirdi.
Umumiy saylovlarda yutuqli bir demokratiya sinovidan bahs etgan Davuto’g’lu, “ 7- İyun saylovlari demokratiya usullariga mos ravishda, tinchlik sharoitida bo’lib o’tdi.
Zamonaviy, demokratik o’lkalarda juda oz duch kelinadigan shaklda yuzda 80% ishtirok amalga oshirildi.” Dedi.
Davuto’g’lu, 7- İyundan beri muhim 2 jarayon birgalikda sodir bo’lganiga diqqat qaratdi. “ Biri hukumat tuzish jarayoni, ikkinchi ayniqsa 20 iyul Suruch qatilomidan so’ngra Turkiyani bir terror girdobiga aylantirmoqchi bo’lgan muhitlarga qarshi yuritilgan kurash.” Dedi.
DEASh Suruchda yurtdoshlarga qarata xoinona hujum qilgan kun, PKK Adiyamanda bir askarni shahid etishining ortidan “ Huzur va Demokratiya operatsiya boshlatildi dedi.
Davuto’g’lu, Suriyada DEAShga Iroqning shimolida esa PKKga qarshi havo hujumi uyushtirildi deb bildirdi.
Operatsiyalar keng ko’lamli ravishda davom etishini ta’kidlagan Davuto’g’lu, “ Toki hech kimsa Turkiya Respublikasi davlatining yurtdoshlariga, Turkiya respublikasining birligi, birdamligi va erkinligini tahdid etishga urinmasin, bu borada kurashishga qarorli va jiddiymiz.” dedi.
Bosh vazir Davuto’g’lu alohida, o’lka iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qoldiradigan hech bir unsurga ruxsat bermaymiz dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar