Turkiyaning o’zini himoya qilish haqqiga xurmat ko’rsatamiz

Oq Uy Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Alistair Baskey Turkiya tomonidan terror tashkiloti PKKga qarshi olib borilgan havo harbiy amaliyotlariga doir yozma bayonot berdi.

385065
Turkiyaning o’zini himoya qilish haqqiga xurmat ko’rsatamiz

Amerika Turkiyaning o’zini himoya qilish haqqiga xurmat ko’rsatishini bildirdi.
Oq Uy Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Alistair Baskey, Turkiya PKKning terror hujumlariga qarshi o’zini himoya qilishga haqqi borligini va bunga xurmat ko’rsatishini bildirdi.
U Turkiya tomonidan terror tashkiloti PKKga qarshi olib borilgan havo harbiy amaliyotlariga doir yozma bayonot berdi.
Terror tashkiloti PKK turk xalqiga hujum qilganiga e’tibor qaratgan Baskey, “Amerikaning terror tashkiloti ro’yxatida bo’lgan PKK qurollarni tashlab, Turkiya hukumati bilan munozara yo’lini tanlashi kerak”-dedi.
Baskey, “Ayni paytda, vaziyatni bostirish va ikki tomon ham doimiy tinchlik uchun safarbar bo’lishi kerak. Qurol ishlatish Turkiya xalqiga yaxshilik olib kelmaydi”-dedi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar