3 daqiqada Turkiya vizasi...

Elektron viza murojaat sistemasi orqali yilning ilk yarmida 3 milliondan ziyod xorijlik 3 daqiqa ichida Turkiya vizasi oldi.

382138
3 daqiqada Turkiya vizasi...

3 daqiqada Turkiya vizasi...

Chegara eshiklari va aeraportlarda navbatga kutishni oldini olish uchun kuchga kirgan elektron viza murojaat sistemasi orqali yilning ilk yarmida 3 milliondan ziyod xorijlik 3 daqiqa ichida Turkiya vizasi oldi.

Tashqi ishlar azirligining bildirishicha, joriy yil eng ko'p viza berilgan o'lkalar Angliya, Niderlandiya, Iroq, Belgiya va AQSh sifatida belgilandi.

Shuningdek, e-Viza murojati "www.evisa.gov.tr" sayti Xitoycha, Gollandcha va Arabcha tillarda ham xizmat berishga boshladi. Shunday qilib sayt 9 tilda xizmat berishga boshladi. Norvegiyada ham xizmat berish uchun faoliyat olib borilmoqda.

Asosan Osiyoda eng ko'p to'lovlar qilingan UnionPay sistemasiga moslashish bilan UnionPay kartari bilan e-Viza olish imkoni ham tug'di.

"www.evisa.gov.tr" orqali o'rtacha 3 daqiqa ichida e-Viza olish mumkin. Turizm va tijorat maqsadi bilan Turkiya vizasi olish doirasida, Turkiyaning tashqi vakolatxonalaridan, chegara darvozalaridan va e-Viza murojaat sistemasi orqali olib borilmoqda.

Murojaat etganlar, internet aloqali bo'lgan hamma joyda va har doim kimlik, sayohat hujjati va  sayohat tarixi bilan aloqali bo'limlarni to'ldirish va viza xarajatini to'lash online orqali amalga oshirilganda e-Vizalarini olishi mumkin.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar