Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an elchilarga iftor berdi

Erdog’an:“Turkiyaga chegaradosh bo’lgan qo’shni davlatlardagi terrorizmning mamlakat xavfsizligiga rahna solishiga aslo yo’l qo’ymaymiz”

344498
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an elchilarga iftor berdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an kecha Turkiyada xizmat ko’rsatgan xorij davlat elchilariga iftor berdi.
İftordan so’ng elchilarga hitob qilgan Erdog’an, “Turkiyaga chegaradosh bo’lgan qo’shni davlatlardagi terrorizmning mamlakat xavfsizligiga rahna solishiga aslo yo’l qo’ymaymiz”-dedi.
Prezident Erdog’an Turkiya terror tashkiloti DAIShga qarshi qattiq kurash olib borganini bildirdi.
DAIShga qarshi hamkorlikda kurash olib borishning ahamiyatiga to’xtalgan Erdog’an, “Umid qilamanki, bu illatdan bir yoqadan bosh chiqargan holda qutulamiz”-dedi.
Xalqaro hamjamiyatga ham hitob qilgan Erdog’an, “Suriyada demografik tuzilishni o’zgartirish tashabbuslarini aslo qabul qilmaymiz. Xalqaro jamiyat Suriyaga faqatgina DAISh muammosi yuzasidan nazar tashlamasligi kerak. Xalqaro maydonda Suriya rejimining himoya qilinishiga yo’l qo’ymaymiz”-dedi.
Terrorizmga qarshi kurashda davlatlar o’rtasidagi faol hamkorlikning ahamiyatiga to’xtalgan Prezident Erdog’an, Turkiyada Suriya va DAISh terror tashkiloti bilan aloqasi bo’lgan 1300dan ziyod xorijlik fuqaro qo’lga olinganini va deport qilinganini aytib o’tdi.
Erdog’an, Sinjan Uyg’ur avtonom mintaqasida uyg’urlarga nisbatan tazyiqlarga to’xtaldi va bu haqda Xitoy hukumati bilan aloqa o’rnatganini bildirdi.
Erdog’an iyul oyi ohirlarida Xitoyga safar qilishini va Turkiyaning bu masalaga munosabatini shahsan tegishli vakillarga yetkazishini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar