Turk naqliyotchilardan Yunonistonga hamkorlik taklifi...

Yunoniston hukumati turk naqliyotchilarning taklifiga rozi bo’ladigan bo’lsa, Bolgariyaning turk yuk mashinalaridan qo’lga kiritgan yillik 400 million evrolik foydaga ega bo’ladi.

336027
Turk naqliyotchilardan Yunonistonga hamkorlik taklifi...

Xalqaro naqliyotchilar jamiyati iqtisodiy inqirozga qarshi kurash ketayotgan Yunonistonga logistika sohasida hamkorlik taklif qildi.
Yunoniston hukumati turk naqliyotchilarning taklifiga rozi bo’ladigan bo’lsa, Bolgariyaning turk yuk mashinalaridan qo’lga kiritgan yillik 400 million evrolik foydaga ega bo’ladi.
Xalqaro naqliyotchilar jamiyatidan qilingan yozma izohda, Yunonistonda moliyaviy inqiroz davom etgani eslatildi.
Shuningdek, “Yangi Ipak yo’li yarataylik” shiori bilan qilingan taklifda, Xitoydan boshlanib Anadolu va O’rta Yer dengizi orqali Yevropagacha cho’zilgan tijorat yo’lini takror rivojlantirish taklif qilindi.
Bunday tashabbus mintaqadagi strategik ahamiyati tufayli, ikki davlatning tijorat hajmiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Xalqaro naqliyotchilar jamiyati ijro kengashi rahbari Fatih Shener, “Yevropa va Osiyo o’rtasida bir qancha guzargoh chizilmoqda. Turkiya bu guzargohlarning ba’zilarida o’rin olar ekan, Yunoniston Xitoygacha ketgan guzargohlarning hech birida o’rin olmagan. Yunoniston va Turkiya Kipu va İpsala chegaralarini mustahkamlasa, bu yerdan o’tgan transport Yunonistonga katta foyda olib keladi. Bolgariyadan yilda tahminan 400 ming yuk mashinasi o’tadi. Agar Yunoniston buni namuna qilib olsa katta foyda qo’lga kiritishi mumkin”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar