Turkiyaning sobiq Prezidenti Suleyman Demirel vafot etdi

Suleyman Demirel Turkiya Respublikasining 9-Prezidenti edi.

307008
Turkiyaning sobiq Prezidenti Suleyman Demirel vafot etdi

Turkiya Respublikasining 9-Prezidenti Suleyman Demirel nafas yo’llarining infeksiyalari va yurak yetishmovchiligi natijasida poytaxt Anqaradagi kasalxonada davolanayotgan edi. 40 yillik siyosiy hayotidagi xizmati bilan “Turk siyosatining otasi” degan laqab bilan bir umr yodda qoladigan Suleyman Demirel davolanayotgan kasalxonada 16-iyundan 17-iyunga o’tar kechasi Turkiya vaqti bilan soat 02:05 da, 91 yoshida vafot etdi.

Ilk siyosiy hayotini 1962-yili Adolat partiyasi bilan boshlagan Demirel, partiya bosh markazining hujumga uchrashi oqibatida faol siyosatdan bir muddat chetlagan edi.

1965-yili takror siyosatga qaytgan Suleyman Demirel Adolat partiyasidan Isparta deputati deb saylanar ekan birinchi marotaba Majlisga kirdi.

Xuddi ana shu yili Turkiya Respublikasining 30-hukumatini tashkil etib 41 yoshida Turkiyaning 12-Bosh vaziri bo’ldi.

1971-yilning 12-marti kuni harbiy to’ntarish amalga oshirildi va Demirel o’z iste’fosini berdi.

Demirel 1971 memorandumi va 1980 to’ntarish davrlarida 3 marotaba koalitsiya hukumatini tuzdi.

Bir muddat qamoq jazosiga tortilgan Demirel 1980-yildan 1987-yilga qadar yani 7 yil siyosatdan chetlatildi.

1987-yilning 6-sentabri kuni umumxalq ovoziga qo’yilishi natijasida siyosiy taqig’i bekor qilindi va 24-sentabr kuni To’g’ri yo’l partiyasining Bosh direktori bo’ldi.

1991-yilning 20-oktabri kuni o’tkazilgan saylovda To’g’ri yo’l partiyasi bilan Sotsial-demokratik xalqchi partiyasi birgalikda koalitsiya hukumatini tuzdi.

Ushbu hukumatda yani 49-Turkiya Respublikasi hukumatida Bosh vazir olaroq siyosiy hayotini davom ettirdi.

Demirelning siyosiy hayotidagi oxirgi bekati Chankaya ko’shki hisoblanadi.

1993-yilning 16-mayi kuni Majlis tomonidan 9-Prezident deb saylandi.

7-yillik vazifasi ortidan o’z o’rnini Ahmet Nejdet Sezerga boshatib berdi.

1965-1993-yilari orasida 7 boshqa hukumatda jami 10 yilu 5 oylik muddat bilan Bosh vazirlik vazifasini yuritgan Suleyman Demirel Prezidentlik vazifasini yakunlagach faol siyosatiga nuqta qo’ydi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar