Turkiyadagi saylovga xorij davlatlarining munosabati...
Amerika mediasi saylov natijalarini Nyu Yorkda tashkil qilingan saylov markazidan kuzatib bordi.
Turkiyadagi saylov xorij davlatlarida ham yaqindan kuzatib borildi.
Kecha bo’lib o’tgan parlament saylov natijalari Amerika va Germaniyada katta hayajon bilan kuzatildi.
Amerika mediasi saylov natijalarini Nyu Yorkda tashkil qilingan saylov markazidan kuzatib bordi.
Turkiyaning Vashingtondagi elchixonasi mezbonligida Matbuot, nashriyot va informatsiya boshqarmasi (BYEGM) va Anadolu xabar agentligi hamkorligida tashkil qilingan markazda saylov natijalari ulkan ekranlarda birma-bir yoritib borildi.
Turk televizion kanallarining ko’rsatuvlari tarjimonlar orqali jurnalistlarga birma-bir yetkazildi.
“Forbes Media” jurnali muharriri Steve Forbes boshqaruvidagi panelda esa, saylov natijalarining Turkiya, mintaqa va g’arb davlatlari uchun bo’lgan ahamiyati muhokama qilindi.
Turkiyaning Vashingtondagi Favqulodda va muxtor elchisi Serdar Kilichning aytishicha, xorij davlatlar Turkiyadagi saylovning muvaffaqiyatli o’tganini, saylovlarga aholining e’tibori katta bo’lganini, demokratik qoidalarga to’la amal qilingan holda saylov o’tkazilganini aytmoqda.
Saylov natijalari Berlinda ham Matbuot, nashriyot va informatsiya boshqarmasi (BYEGM) va Anadolu xabar agentligi hamkorligida yaqindan kuzatib borildi.
Aloqador xabarlar
SOLOTURK Belgiya samolarida parvozini amalga oshirdi
Taxminan 250 ming kishi tomosha qilgan shouda SOLOTURK o'z ko'rsatuvini olqishlar bilan ijro etdi.