Antaliyada, 163 nafar noqonuniy muhojir, qo’lga tushdi

Sohil xavfsizlik xizmati xodimlari Finikiya tumanidagi Beshadalarda Livan bayrog’i tikilgan kemani qutqarish uchun borgan edi.

296860
Antaliyada, 163 nafar noqonuniy muhojir, qo’lga tushdi

Antaliyada, noqonuniy yo’llar orqali chet elga ketishga harakat qilgan ikki kater cho’kib ketdi.

Sohil xavfsizlik xizmati xodimlari Finikiya tumanidagi Beshadalarda Livan bayrog’i tikilgan bir kemaning cho’kib ketayotganligi haqida ma’lumot olganlar.

Atalgan joyga yetib borgan xavfsizlik xizmati xodimlari kemani yarimigacha cho’kib ketgan vaziyatda topdilar.

Katerdagi 3 nafar yo’lovchi Sohil xavfsizlik xodimlariga oid qayiq orqali Finikiya portiga olib borildi.

Qutqaruv ishlarini yuritgan guruh, mintaqada, shupha uyg’otgan AQSh bayroqli motorli yaxtada ko’plab noqonuniy muhojir borligini aniqladilar.

Ushbu motorli yaxta kuzatib borilar ekan oxiri to’xtatildi va ichidan 163 nafar muhojir qo’lga tushirildi.

Sohil xavfsizlik xizmati xodimlariga oid qayiqlarga olib o’tilgan muhojirlar, Finikiya portiga olib borildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar