Bugun Turkiyada saylov o’tkazilmoqda

Turkiya miqyosida 20 nafar siyosiy partiya va 165 nafar mustaqil nomzod Turkiya Oliy majlisidan o’rin olish uchun bellashmoqda.

294443
Bugun Turkiyada saylov o’tkazilmoqda


Bugun Turkiyada parlament saylovi o’tkazilmoqda.
Turkiya miqyosida 20 nafar siyosiy partiya va 165 nafar mustaqil nomzod Turkiya Oliy majlisidan o’rin olish uchun bellashadi.
53 million 765 ming 231 saylovchi 25-davr parlament deputatlarini saylaydi.
Ovoz berish jarayoni butun mamlakat bo’ylab 08:00dan soat 17:00gacha davom etadi.
Radio-televideniye va har qanday media organlarida soat 18:00gacha saylov va saylov natijalari bilan bog’liq xabar, tahmin va mulohazalarga o’rin berilmaydi.
18:00dan 21:00gacha faqatgina markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilingan saylov tahminlari, xabarlar va bayonotlar efirga uzatiladi.
Soat 21:00dan keyin barcha televideniye va radiolardagi axborot dastulariga ruxsat beriladi, lekin Markaziy saylov komissiyasi istagiga binoan, soat 21:00dan oldin media organlarining erkin faoliyat ko’rsatishi to’g’risida qaror berishi mumkin.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar