Ertaga, Turkiyada, umumiy saylov o’tkaziladi

Saylovchilar 25-davr parlament a’zolarini saylaydilar.

294252
Ertaga, Turkiyada, umumiy saylov o’tkaziladi

Ertaga Turkiyada jami 20 siyosiy partiya va 165 nafar mustaqil nomzod Turkiya Buyuk Millat Majlisiga kirish uchun bellashadilar.

Jami 53 million 765 ming 231 nafar saylovchi 25-davr parlament a’zolarini saylaydilar.

Ovoz berish ishlari Turkiya boylab ertalab soat 08:00 da boshlanar ekan oqshom 17:00ga qadar davom etadi.

Televideniya va radiolar bilan birga har qanday matbuot organlari tomonidan soat 18:00ga qadar siyosiy reklama, saylov va saylov natijalari haqida xabar, tahmin yoki izohat berilmaydi.

18.00-21.00 soatlari orasida Oliy saylov komissiyasi tomonidan saylov haqida xabar va ma’lumotlar berila boshlaydi.

Butun matbuot organlari soat 21:00 dan keyin erkin ravishda xabar tarqata oladi faqat Oliy saylov komissiyasi tomonidan ruxsat berilgudek bo’lsa unda soat 21:00dan oldin ham ma’lumot organlari erkin ravishda xabar tarqatishlari mumkin.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar