Erdog'an, yana bir bor, "New York Times" gazetasiga to'xtaldi

Prezident Erdog’an, suriyalik turkmanlarga yordam ashyosi olib borgan yuk mashinalari haqida matbuotda tarqatilgan salbiy munosabatdagi xabarlarni ham tanqid qildi.

298780
Erdog'an, yana bir bor, "New York Times" gazetasiga to'xtaldi

Erdog’an, New York Times gazetasida chop etilgan Turkiya haqidagi xabarlarni takror keskin tanqid qilar ekan bu gazetaning qoralash kompaniyasi 1896-yili, Sulton Abdulhamid uchun ham amalga oshirilganligini aytdi.

Istanbul fathining 562-yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tantanali marosimda nutuq so’zlagan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, “AQShda, “New York Times” degan ahmoqona bir gazeta bor. Bu gazeta avval ham bir necha marotaba chop etganidek “Turkiyaning ustida qora bulutlar bor” degan manodagi maqolalarni chop etdi. Ushbu gazeta, biz uchun yozgan maqolalariga o’xshash maqolalarini 1896-yili Sulton Abdulhamid uchun ham yozayotgan edi. Bu gazeta, ana shu kuni Usmonli davlatiga va uning boshidagi rahbariga qarshi qilgan ishini bugun Turkiya Respublikasiga va ushbu davlatning rahbari sifatida menga ham yo’naltmoqda” dedi.

Amerika gazetasining qonuniy ko’rinayotgan ammo aslida noqonuniy davlat tarkibi bo’lgan parallel tashkilot bilan ham hamkorlik ichida ekanligini ta’kidlagan Erdog’an, parallel tashkilotga qarshi kurashning haligacha davom etganligini ta’kidladi.

Prezident Erdog’an, suriyalik turkmanlarga yordam ashyosi olib borgan yuk mashinalari haqida matbuotda tarqatilgan salbiy munosabatdagi xabarlarni ham tanqid qildi. Shuningdek Bayirbujak turkmanlariga yordam olib borgan yuk mashinalari haqida, parallel tashkilotining jasuslik qilganligini qo’shimchaladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar