Istanbulning fathi munosabati bilan  Erdo'g'an bayonot berdi...

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Istanbulning fathi etilishi, tarixi jarayonini o’zgartirgan g’alabalardan biri deb bildirdi.

296784
Istanbulning fathi munosabati bilan  Erdo'g'an bayonot berdi...

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Istanbulning fathi etilishi, tarixi jarayonini o’zgartirgan g’alabalardan biri deb bildirdi.
Erdo’g’an, “ Istanbulning fath etilishining 562- yilligi” munosabati bilan bir yozma bayonot tarqatdi.
Bayonotida, “Istanbulning fathi siyosiy, ijtimoiy va madaniy natijalari bilan bir qatorda dunyo tarixining oqishini o’zgartirgan, aziz millatimizning eng muhtasham g’alabalaridan biridir” dedi.
Fotih Sulton Mehmetning bag'rikenglik va adolatga asoslangan boshqaruv tushunchasi bilan tarixda o’z o’rinini oldi degan Prezident Erdo’g’an, so’ngragi jarayonda ham shaharning farqli ishonch va madaniyati birgalikda yashagan bir makon holiga kelishiga sabab bo’ldi deb ta’kidladi. Istanbulning tabiati, tarixi va madaniy boyligi bilan dunyoning nodir shaharlari qatorida ekanini bildirgan Prezident Erdo’g’an,
“Fotih Sulton Mehmet va qahramon askarlari bizlarga omonati bo’lgan Istanbul, o’lkamizning ish moliyalash, savdo, san’at va madaniyat markazi sifatida bugungi kunda ham rivojini davom ettirmoqda” dedi.
Turkiya oliy millat majlis raisi Jemil Chichek ham tarqatgan yozma bayonotida, Istanbul yer yuzining eng qadimi shaharlaridan biri ekanini bildirdi.
Chichek,
-“ Istanbul, yozgan tariximizning eng aziz xotirasidir. Ushbu xotiraning eng ulug’ shaxsi esa Fotih Sulton Mehmetdir. Ushbu chiroyli shahar ega bo’lgan moddiy va ma’naviy qadriyatlari bilan birgalikda haqi bo’lgan martabaga yuksalishi davlat va jamiyat sifatida bizning vazifamiz”.dedi.

Is


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar