Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu Quvaytda...

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu Quvayt Bosh vazir o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Halid Al Sabah bilan uchrashdi.

290703
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu Quvaytda...


Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu Quvaytga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Chavushog’lu safari chog’ida Quvayt Bosh vazir o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Halid Al Sabah bilan uchrashdi.
Bo’lib o’tgan uchrashuvda, ikki davlatning mintaqaviy mavzularda yana ham yaqin hamkorlik qilishi bo’yicha kelishib olindi.
Shuningdek, uchrashuvda Suriya, Iroq va Yamandagi vaziyat muhokama qilindi.
Bundan tashqari, DAISh va boshqa terror tashkilotlariga qarshi kurash va Yamandagi qochqinlarga insonparvarlik yordami yetkazish kabi masalalar ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda, o’zaro va mintaqaviy hamkorlikdan tashqari, Islom Hamkorlik Tashkiloti qoshida amalga oshiriladigan faoliyatlar ustida bosh qotirildi.
Chavushog’lu Quvaytda Islom Hamkorlik Tashkilotining 42-Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishiga qatnashadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar