Turkiya, Saudiya Arabistonda yuz bergan bombali hujumni qoraladi

Ushbu hujum, Saudiya Arabistonda, ko’proq shia mashabidagi musulmon aholi yashagan Katif viloyatidagi bir jome masjidiga qaratilgan edi.

285575
Turkiya, Saudiya Arabistonda yuz bergan bombali hujumni qoraladi

Turkiya Saudiya Arabistonda ko’proq shia mashabidagi musulmon aholi yashagan Qatif viloyatidagi bir jome masjidiga qaratilgan xudkushlik hujumini qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan atalgan mavzu haqida izohat berilar ekan unda Saudiya Arabistonning Qatif viloyatidagi bir jome masjidiga qaratilgan va juma namozi mobaynida uyushtirilgan, ko’pchilikning o’limiga va jarohat olishiga sabab bo’lgan terror hujumining keskin qoralanganligi bildirildi.

Undan tashqari hujum oqibatida halok bo’lganlarga Olloxdan rahmat, yaqinlariga sabir, Saudiya Arabiston xalqiga va rasmiylariga hamdardlik bildirilib, jarohat olganlarga shifo tilandi.

Saudiya Arabiston bilan terrorga qarshi kurash mavzusida birdamlik ichida ekanligi ta’kidlangan ushbu izohatda, bu mamlakatning xavfsizlik va barqarorligiga qaratilgan Turkiya yordamning takrorlanganligi tilga olindi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar