Prezident Erdo’g’an ertaga Bosniya va Gersegovinaga safar qiladi

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, ertaga Bosniya va Gersegovinaga bir kunlik safar uyushtiradi.

280798
Prezident Erdo’g’an ertaga Bosniya va Gersegovinaga safar qiladi

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, ertaga Bosniya va Gersegovinaga bir kunlik safar uyushtiradi.
Prezidentlikdan qilingan yozma bayonotda, Erdo’g’anning safari, do’st va birodar o’lka Bosniya va Gersegovina bilan mukammal saviyadagi aloqa va hamkorlikni yana rivojlantirishga qarata mushtarak irodaning eng yuqori saviyasi deb bildirildi.
Qilingan izohda, Prezident Erdo’g’an, Bosniya va Gersegovina prezidentlik Kengashi rahbari va a’zolari bilan uchrashadi, Bosniya va Gersegovina Davlat prezidentligi kengashi rahbari va a’zolari bilan uchrashuv o’tkazadi. Bosniya va Gersegovina vakillar palatasi va xalqlar majlisi bosh vazirlik devon a’zolari, vazirlar mahkamasi raisi va o’rinbosarlarini ham qabul qiladi.
Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’anning safarida, Ziroat Banki tomonidan Bosniya va Gersegovina ajratilgan 50 million yevro miqdoridagi kreditning imzo marosimiga ham ishtirok etadi.
Bosniya va Gersegovina madaniyat merosini asrab avaylash uchun olib borilgan faoliyatlar doirasida, Jamg’armalar bosh direktori tomonidan restavratsiya qilingan, Isa Bey İshakovich hammomi bilan restavratsiyasi TİKA tomonidan yakunlangan Hunkar Jomening ochilish marosim bilan yakunlanadi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar