Prezident Erdog'an, Srebrenitsa qatliomiga to’xtaldi

Prezident Erdog’an, 20-may kuni Bosniya va Gertsegovinaga rasmiy ziyorat uyushtirmoqchi.

275583
Prezident Erdog'an, Srebrenitsa qatliomiga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Turkiyaning, qardoshlik haqqi doirasida, Bolqonlardagi butun xalqlarning huzur va tinchligining ortishini xohlaganligini aytdi.

Prezident Erdog’an, 20-may kuni Bosniya va Gertsegovinaga rasmiy ziyorat uyushtirmoqchi.

Ziyoratidan oldin Bosniya va Gertsegovinada chop etilayotgan STAV jurnalining savollariga javob berdi.

Turkiyaning Bosniya va Gertsegovinaga qaratilgan ko’z qarashi haqida gapirgan Erdog’an,
-“A’lo darajadagi o’zaro munosabatlarimizni yana da mustahkamlashtirishni xohlaymiz” dedi.

Prezident Bosniya va Gertsegovina ziyoratining, o’z vazifasini 2014-yili boshlagan yangi hukumat bilan bo’lgan munosabatlarini qarab chiqish jihatidan judayam muhim imkoniyat tashkil etishini aytdi.

Bosniyaliklar, serblar yoki xorvatlar deb ajratmasdan Bosniya va Gertsegovinadagi butun etnik guruhlarga teng muomala qilganliklarini ifodalagan Erdog’an, buning, Turkiyaning mamlakatga qaratilgan yordam va investitsiyalarda ham o’zini ko’rsatganligini belgiladi.

Turkiyaning Bosniya va Gertsegovinada barqarorlik va taraqqiyotning ta’minlanishi uchun har qanday hissani qo’shganligini eslatgan Erdog’an, mamlakatning Yevropa va Anlantik muassasalari bilan birlashish jarayonining ham en katta yordamchisi ekanligini aytdi.

Prezident Erdog’an, o’z intervyusida, Srebrenitsa mavzusiga ham to’xtaldi.

Xalqaro jamiyatning Srebrenitsa qatliomidan saboq olib, etnik nafratning oldini olishi kerakligini aytgan Erdog’an, bosniyaliklarning dardini baham ko’rganligini bildirdi.

Intervyusida Bosniya va Gertsogovinaning afsonaviy Prezidenti Aliya Izzet Begovich bilan bo’lgan xotiralariga ham to’xtalgan Erdog’an, Janob Izzat Begovichni, davolanishi uchun Turkiyaga taklif qilganida Begovichning, “o’z tuprog’imda jon berishni xohlayman” deb javob berganligini aytdi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar