Turkiya-Qatar Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi

Turkiya-Qatar Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishda, mintaqadagi masalalarni qo'lga oldi

269051
Turkiya-Qatar Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi

Turkiya va Qatar ortasida Oliy strategik qo'mita Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi Antaliyada uyushtirildi.

Yig’ilishdagi eng muhim mavzu Yaman bo’lar ekan ikki mamlakatning Tashqi ishlar vazirlari, mintaqada tinchlikning o’rnatilishi uchun hamkorlik ishlarining davom etishini bildirdi.

Qatar Tashqi ishlar vaziri Halid al-Attiya, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat ortasidagi iqtisodiy va strategik munosabatlar baholandi.

Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning mintaqaviy mavzularda Qatar bilan bir xil fikrda ekanligini bildirib,
“Yaman, Suriya, Iroq va Liviyadagi masalalar mavzusida va bu yerdagi to’qnashuvlarning, terrorning, qonning, ko’z yoshining, rahmsiz rejimlarning, zo’rovonliklarning bas qilinishi mavzusida hamfikrmiz” dedi.

İkki vazir Yaman mavzusida olingan qarorlarga amal qilinishi kerakligini ta’kidladi.

Tinchlikni tiklash uchun bir shartnomaning imzolanganligini ifodalagan al-Attiyah “Birlashgan Millatlar Xavfsizlik kengashida qabul qilingan bu qaror so’zsiz turda kuchga kirishi kerak. Bu insoniy bir tashabbusdir. Dori-darmon va insoniy yordamlarning ehtiyoji bo’lgan odamlarga yetkazib berilishi kerak” deya gapirdi.

Mevlut Chavusho’g’li esa Birlashgan Millatlar Tashkiloti qaroriga hammaning hurmat ko’rsatishi va amal qilishi kerakligini ta’kidladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar