Iroq Prezidenti Fuad Masum Anqarada

Prezident Fuad Masum Prezident Rajap Tayyip Erdog'an bilan uchrashdi.

246468
Iroq Prezidenti Fuad Masum Anqarada

Iroq Prezidenti Fuad Masum rasmiy ziyorat uchun Anqaraga tashrif buyurar ekan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdog’an tomonidan Prezidentlik Saroyida rasmiy marosim bilan kutib olindi.

İkki lider o’zaro uchrashuv o’tkazgach mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Prezident Erdog’an ushbu anjumanda so’zlarini “Terror tashkiloti DEAS, musulmonlar bilan boy tariximizni ko’zladi” deya boshlar ekan;

“Bu qurol-yaroq bilan pullar qayerdan kelyapdi? Astoydil o’tirib bu haqida bosh qotirishimiz kerak. Musuolmonlardan tashqari xristian olamidan qardoshlar bu yerda nima qilib yuripdi” deya davom etdi.

Shuningdek Prezident;

“Yurtimizda 300 ming nafar ıroqlik qochoq mavjud. Suriyadan esa 1 million 700 ming nafar. Yevropaliklar O’rta yer dengizida, Egeyda qochoqlarni tashigan kemalarning falokatga uchrashi haqidagi ma’lumotlar ni tarqatyapdi. Agar bu ma’lumotlar Yevropa İttifoqiga a’zo davlatlardan kelayotgan bo’lsa unda bu bir falokat hisoblanadi. Bunday voqelar qanday qabul qilinadi? Turkiya 2 million insonni o’z quchog’iga olgan bo’lsa unda bu holat Turkiyaning ma’naviy burchini ado etishi hisoblanadi. G’arbning bunday fikrini qoralayman” dedi.

Anjumanda Iroq bilan 11.1 milliard dollarlik tijorat hajmi mavjudligini ta’kidlagan Erdog’an bu raqamni yana da yuqori ko’tarishni va 20 milliard dollargacha chiqarishni maqsad qilganligini aytdi.

Iroqga qaratilgan investitsiya haqidagi konferentsiyaning o’tgan hafta Istanbulda o’tkazilganligini eslatgan Erdog’an yaqinda, bu sohada, yana da o’zgacha o’sishga erishajagini umit qilganligini belgilab o’tdi.

Iroq Prezidenti Fuad Masum esa Turkiyaning har bir sohada qo’lga kiritgan muvaffaqiyatini quvonch bilan kuzatib borayotganliklarini aytdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar