Prezident Erdog’an Sloveniya safaridan oldin ma’lumot berdi

Prezident Erdog’an 7-aprel kuni amalga oshirmoqchi bo’lgan Eron safarining o’zgarmaganligini aytdi.

287686
Prezident Erdog’an Sloveniya safaridan oldin ma’lumot berdi

Prezident Erdog’an Yamanda davom etayotgan va o’tgan hafta boshlatilgan Husilarga qarshi Saudiya Arabiston rahbarligidagi havo amaliyotini baholar ekan Eronga, bu mamlakatdagi kuchlarini ortga chekilishi kerakligini aytgan edi.

Eronning mintaqani o’z tarkibiga qo’shib olmoqchi bolayotganligini aytgan Prezident Erdog’an Tehron rahbariyatining bu muomalasi qabul qilinmaz darajada ekanligiga e’tibor qaratgan edi.

Erdog’an Eron rasmiylarining ushbu ifodalariga qaratilgan izohatlarini baholadi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Sloveniyaga safar qilishdan oldin İstanbul Otaturk aeroportida, mavzu haqidagi bir savolga quyidagicha javob berdi:

-“İzohatimiz Yamanning hududiy yaxlitligiga qaratilgan hurmatimiz tufaylidir. Hududiy yaxlitlikning saqlab qolinishi ham ichkarida ham tashqarida amalga oshirilgan amaliyotning hato ekanligi nuqtasidadir” dedi.

Yamanning hududiy yaxlitligini buzmoqchi bo’lganlar bu mamlakatdan chiqib ketishi kerakligini bir necha marotaba ta’kidlagan Erdog’an;

-“Bu mavzu haqida Erondan ikki turli javob keldi. Lekin bizni u kishilar qiziqtirmaydi. Yo boramiz yoki bormaymiz. Bizning ziyoratimizni unday kishilar aniqlamaydilar. Qarorni biz beramiz” dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar