Turkiya Malta orqali, Liviyaga qurol yuborishi mumkinmi?

Tashqi ishlar vaziri, Maltada, jurnalistlar tomonidan yo'naltilgan savollarga javob berdi...

257186
Turkiya Malta orqali, Liviyaga qurol yuborishi mumkinmi?

Rasmiy taklifga binoan kecha Maltaga jo’nab ketgan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

Chavusho’g’li bilan Maltalik hamkasbi George Vella, o’zaro uchrashuvlari ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Chavusho’g’li, jurnalistlar tomonidan yo’naltilgan bir savolga Turkiyaning Malta orqali Liviyaga qurol yuborganligi haqidagi da’voning butunlay asossiz ekanligini ta’kidlab;

“Bu tuhmatlar Misr va Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan kelmoqda. Bu tuhmatlarning manbaasi osha yerdir” deb javob berdi.

Chavusho’g’li ushbu rasmiy safari chog’ida, Malta Bosh vaziri Joseph Muscat bilan ham uchrashadi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Malta ziyorati yakunida, 1565-yil qamali bilan 1-Jahon urushida halok bo’lgan Usmonli askarlariga atab qurilgan Turk Shahidligini ziyorat qiladi.

Mevlut Chavusho’g’lining Malta ziyorati bu davlatga Tashqi ishlar vazirligi saviyasida uyushtirilgan ilk ziyorat bo’lib hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar