Turkiya Milliy mudofaa vaziri İsmet Yilmaz İroqqa jo'nab ketdi

Turkiya Milliy mudofaa vaziri İsmet Yilmaz İroq Mudofaa vaziri Halit Al-Ubeydi bilan uchrashadi.

247235
Turkiya Milliy mudofaa vaziri İsmet Yilmaz İroqqa jo'nab ketdi

Turkiya Milliy mudofaa vaziri İsmet Yilmaz İroqning poytaxti Bog’dodga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
İsmet Yilmaz Bog’dod Xalqaro aeroportida İroq Mudofaa vazirligi kotibi İbrahim Lami, Turkiyaning Bog’doddagi favqulodda va muhtor elchisi Faruk Kaymakchi va boshqa vakillar tomonidan kutib olindi.
İsmet Yilmaz va hamrohligidagi delegatsiya dastlab, İroq Mudofaa vaziri Halit Al-Ubeydi bilan uchrashadi.
İroq Bosh vaziri Haydar Al-İbadi, Parlament raisi Selim Al-Juburi, İchki ishlar vaziri Muhammad Salim Al-Gabban va boshqa vakillar bilan rasmiy uchrashuv amalga oshiradigan Yilmaz ziyoratni yakunlab Erbilga jo’nab ketadi.
Turkiya Milliy mudofaa vaziri İsmet Yilmaz ertaga Erbilda İroq Kurt Mintaqaviy boshqaruv rahbari Mesut Barzaniy bilan uchrashadi.
Bo’lib o’tadigan uchrashuvda, ikki davlat o’rtasidagi terrorizmga qarshi kurash va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik atroflicha muhokama qilinadi.
Turkiya kecha İroqqa DAİSh terror tashkilotiga qarshi kurashda foydalanish uchun harbiy yordam mahsulotlariga to’la ikki nafar C-130 harbiy samolyotini jo’natdi.
Turkiyaning Bog’doddagi favqulodda va muhtor elchisi Faruk Kaymakchi yordam qatorida berilgan harbiy mahsulotlarni İroq Mudofaa vazirligi vakillariga topshirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar