"Mintaqaviy Faoliyatlar va Yangi Turkiya"

"Mintaqaviy Faoliyatlar va Yangi Turkiya" mavzuli darsi bilan boshlanadigan, Bahor mavsumining ochilishini amalga oshirdi. Ochilishda ko'p sonda Turk va xorijlik talabalar qatnashdi.

241859
"Mintaqaviy Faoliyatlar va Yangi Turkiya"

"Mintaqaviy Faoliyatlar va Turkiya"

Bosh vazir o'rinbosari Bulent Arinch, Anqara Fikir va Tadqiqot Markazida uyushtirilgan, "Mintaqaviy Faoliyatlar va Yangi Turkiya" mavzuli darsi bilan boshlanadigan, Bahor mavsumining ochilishini amalga oshirdi. Ochilishda ko'p sonda Turk va xorijlik talabalar qatnashdi.

Bulent Arinch, ochilishda qilgan maruzasida, Chet Eldagi Turklar va Qardosh Jamiyatlar Rabarligining hissalari bilan Turkiyada universitet o'qigan yoshlarning, o'qishni bitirgandan keyin o'lkalari bilan Turkiya o'rtasida kuchli do'stlik rishtalari qurishni istaganliklarini izohladi.

Chet eldagi talabalar Turkiyada yaxshi, sifatli ta'lim olishdan mamnun bo'lishini takidlagan Arinch, "O'lkangizga qaytsangiz, bu go'zal o'lkani va xalqini ham sevsangiz, bu bizlar uchun qozonch bo'ladi" deb ma'ruza qildi.

Arinch, Turkiyaning boy o'tmishi bo'lganini bildirib, o'tmishdan beri qurilgan davlatlar bilan kuchli aloqalari bo'lganini tushuntirdi.

Chet ellik talabalar kelgan o'lkalarning ham tarixi, madaniyati, o'tmishi bo'lganini ifoda etgan Arinch, quyidagicha so'zladi: 

"Bu tuproqlarda buyuk madaniyatlar vujudga keldi, turli qavimlar o'tdi, turli janglar bo'ldi, uzoq umurli İmperiyalar oyoqda turdi, endi esa Jumhuriyat davri. Turkiya, kuchli aholiga ega bir o'lka, 80 millionga yaqlashgan. Bu aholining yarmidan ko'pi 30 yoshdan kichik. Bu shuni ko'rsatmoqda, yosh aholiga ega bir o'lka. Biz yosh avlodni ezozlaymiz."

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar