Prezident Erdog'an Obamaga norozichilik ko'rsatdi

Prezident Rejep Tayyip Erdog'an, AQSH Prezidenti Barak Obamaga uch musulmonning o'ldirilishi bilan aloqali bergan bayonotiga norozichilik ko'rsatdi.

217788
Prezident Erdog'an Obamaga norozichilik ko'rsatdi

Prezident Rejep Tayyip Erdog'an, AQSH Prezidenti Barak Obamaga uch musulmonning o'ldirilishi bilan aloqali bergan bayonotiga norozichilik ko'rsatdi.

Erdog'an, "Uch qardosh o'z uylarida o'ldirildi, o'lka rahbari bir bayonot bermadi. Qayerdasiz" dedi.

Prezident Rejep Tayyip Erdog'an kecha Lotin Amerika safari doirasida Meksikani ziyorat qildi.

Erdog'an Milliy Vatan yodgorligiga gulchambar qo'ygandan keyin Meksika Davlat Rahbari Enrique Pena Nieto tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Yakamma-yakka va hayatlararo uchrashuvlardan keyin ikki o'lka o'rtasida hamkorlik shatnomasi imzolandi.

Prezident Erdog'an, AQSH ning Shimoliy Coroline shtatida uch musulmonning o'ldirilishi bilan aloqali bayonotlari, matbuot anjumanida kun tartbida edi.

Erdog'an, AQSH Prezidenti Barak Obamaga hitob qilib, "Uch qardosh uylarida o'ldirildi, o'lkaning rahbari bir bayonot bermadi. Bu liderlar qayerdalar" dedi.

Prezident, xalqdan, jon va mol xavfsizligini ta'min etish uchun ovoz olganlar, "Biz siyosatchilar o'lkamizda sodir etilgan jinoyatlardan mas'ulmiz. Biz jim tursak dunyo ham jim turadi" deb ma'ruza qildi.

Bu bayonotlardan keyin Prezident Erdog'an, sharafiga berilgan tushki ziyofatga o'tdi, ortidan Meksika Tashqi İshlar Vazirligiga bog'li Marias Romero İnstitutiga bordi.

Erdog'an institutdagi ma'ruzasida ham Obamaga norozichilik ko'rsatdi.

BMT ga qarata tanqidlarni İsroil va Suriya masalasi bilan tilga olgan Erdog'an, "Yaqin sharqda qon to'kilmoqda BMT nima qilgan? Suriyada 350 ming kishi hayotini yuqotgan BMT qayerda, İsroil G'azoni bombalamoqda BMT qayerda?" dedi.

Prezident Erdog'an, besh doimiy a'zo so'z haqiga ega bo'lgan BMT da o'zgarishlar kiritish kerakligini izohladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar