Bugun Turkiya Respublikasi Vazirlar Kengashi to’planadi

Prezidentlik saroyida bo’lib o’tadigan yig’ilishda parallel boshqaruvga qarshi kurash, Turkiyada terrorizmni bartaraf etish maqsadida yuritilgan yechim jarayoni va Yevropada avj olgan islomga qarshi ko’z-qarash kabi dolzarb mavzular muhokama qilinishi kutilmoqda.

189394
Bugun Turkiya Respublikasi Vazirlar Kengashi to’planadi



Bugun Turkiya RespublikasiVazirlar Kengashi Prezident R.T.Erdog’an boshchiligida to’planadi.
Prezidentlik saroyida bo’lib o’tadigan yig’ilishda parallel boshqaruvga qarshi kurash, Turkiyada terrorizmni bartaraf etish maqsadida yuritilgan yechim jarayoni va Yevropada avj olgan islomga qarshi ko’z-qarash kabi dolzarb mavzular muhokama qilinishi kutilmoqda.
Xalq tomonidan saylangan prezident bilan bosh vazirlik va vazirliklar o’rtasida aloqa va hamkorlik kabi mavzular ham muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, mintaqaviy masalalar bo’yicha Suriya va İroqdagi vaziyat, Turkiya bilan Yevropa İttifoqi o’rtasidagi aloqalar, Mudofaa sanoatida qo’lga kiritilgan yutuqlar va davom etgan loyihalar ham atroflicha ko’zdan kechiriladi.
Qolaversa, davlat iqtisodiyotidagi islohotlar ham ko’rib chiqiladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar