Turkiyaning tijoratdagi muvaffaqiyati

O'mer Chelik: O’tgan yili esa, dunyoning, eng kop ziyorat qilingan oltinchi davlati bo’ldi...

177035
Turkiyaning tijoratdagi muvaffaqiyati

Dunyoning bir necha davlatidan kelgan tijorat ishlari bo’yicha maslahatchilar, Anqarada uchrashdilar.

Konferentsiyada, Turkiyaning eksportlari haqida batafsil so’z yuritildi.

Joriy yilda uchunchisi uyushtirilgan Tijorat ishlari bo’yicha maslahatchilar konferentsiyasida ishtirok etgan Turkiya Respublikasining Energiya va tabiiy manbalar vaziri Taner Yildiz, neft narxining tushishi bilan birga Turkiya, 950 milliard dollar foyda korganligini aytdi.

Konferentsiyaga Taraqqiyot vaziri Jevdet Yilmaz ham ishtirok etar ekan vazir, Turkiyaning eksporttagi muvaffaqiyatiga e’tiborlarni qaratdi.

O’tgan yili, eksport bo’yicha, rekord o’rnatganliklarini taqidlagan Yilmaz, Mintaqamizda judayam muhim geosiyosiy xavflar bo’lishiga qaramay eksport bo’yicha samarali ishlar olib bordik. Bundan keyin da ushbu ishlarimizni davom ettiramiz” dedi.

Madaniyat va turizm vaziri O’mer Chelik ham madaniy diplomatiyaning, siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga o’z hissasini qoshishini taqidlar ekan, “Madaniy faoliyatlarimiz mavzusida judayam muvaffaqiyatli ekanligimizni aytib o’tishimiz kerak. O’tgan yili, dunyoning, eng kop ziyorat qilingan oltinchi davlati bo’ldik” deya gapirdi.

Turkiya Respublikasi İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Tashqi İqtisodiy munosabatlar tashkiloti tomonidan uyushtirilgan ziyofatda, tijorat ishlari bo’yicha maslahatchilar bilan uchrashdi.

Turkiya bilan Rossiya ortasida iqtisodiy munosabatlarga to’xtalgan Zeybekchi, Rossiya bilan birga, tijoratning oldini tosgan butun to’siqlarni bartaraf qilishga harakat qilganliklarini, ikki davlat ortasidagi tashqi tijorat kolamini 100 milliard dollarga chiqarishni rejalashtirmoqda ekanliklarini aytdi.




Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar