Navbatdagi elchilar konferentsiyasi boshladi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu boshchiligida 7-elchilar konferentsiyasi boshladi

171715
Navbatdagi elchilar konferentsiyasi boshladi

“Yangi Turkiya: Tashqi siyosatda doimiylik va o’zgarish” mavzusidagi konferentsiya 5 kun davom etadi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu va elchilar avvalom bor Tashqi ishlar vazirligi shahitligi bilan Anitqabrni ziyorat qildilar.

Konferentsiyani ochib berish uchun dastlab, so’zga, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu chiqadi.

Konferentsiyaning Anqara bo’limida, elchilar, tashqi siyosatning kun tartibidagi muhim mavzular haqida fikr-mulohazalarini bildiradilar.

Konferentsiyaning xalqaro miqyosini orttirish uchun, har yili bo’lganidek bu yil ham chet eldan mehmonlar taklif qilindi.

Bu doirada, UNESCO Bosh direktori İrina Bokova ham konferentsiyaning birinchi kunida elchilarga hitob qiladi.

Gollandiya, Argentina va Nigeriya Tashqi ishlar vazirlari bilan Yevropa kengashi Bosh kotibi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining muhojirlar oliy komissariati Antonio Guteress ham konferentsiyaning mehmoni bo’ladi.

Konferentsiya doirasida Chanakkale urushining 100 yilligiga bag’ishlanib, 9- yanvar juma kuni, atigi bir kunga, Chanakkale ziyorat qilinadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar