Ankarada yechim jarayoni muhokama qilindi

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu boshchiligida Bosh vazirlik rasmiy qarorgohida bo’lib o’tgan yig’ilish tahminan 5 soat davom etdi.

139229
Ankarada yechim jarayoni muhokama qilindi

Kecha poytaxt Ankarada Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu boshchiligida yechim jarayoni muhokama qilindi.
Bosh vazirlik rasmiy qarorgohida bo’lib o’tgan yig’ilish tahminan 5 soat davom etdi.
Bo’lib o’tgan yig’ilishda terrorizmni bartaraf etish uchun yuritilgan yechim jarayoni qay vaziyatda va bunga doir olinadigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yig’ilishga Bosh vazir o’rinbosarlari Bulent Arinch, Yalchin Akdog’an va Numan Kurtulmush bilan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu, İchki ishlar vaziri Efkan Ala, Milliy Mudofaa vaziri İsmet Yilmaz, Bosh vazirlik maslahatchisi Kemal Madenog’lu, Milliy xavfsizlik tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidan, Osoyishtalikni saqlash tashkiloti maslahatchisi Muhammad Dervishog’lu, Bosh vazirlik bosh maslahatchisi Hatem Ete va Ak partiya guruh rahbar o’rinbosari Mahir Unal ishtirok etdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar