Erdog’an:"Turkiya tijorat qilish uchun tengi yo'q mamlakat"

18-Xalqaro tadbirkorlar forumi kongresida so'zga chiqqan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tadbirkorlarni qo’llab quvvatlashini tilga oldi.

207142
Erdog’an:"Turkiya tijorat qilish uchun tengi yo'q mamlakat"

Kuni kecha İstanbulda 15-MUSİAD Xalqaro ko’rgazmasining ochilish marosimi hamda 18-Xalqaro tadbirkorlar forumi kongresi bo’lib o’tdi.
Kongresda so’zga chiqqan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tadbirkorlarni qo’llab quvvatlashini tilga olib ularga jasorat berdi.
Erdog’an belgilangan maqsadlarga erishish yo’lida qat’iy ekanini tilga olib, iqtisodiyotning barcha yo’nalishlari bunga safarbar qilinganini bildirdi.
Erdog’an, “Mustahkam iqtisodiy poydevori, siyosiy ravishda to’liq barqaror va ishonch muhitida Turkiyaga investitsiya kiritish, u bilan tijorat qilish, hamkorlik qilish uchun tengi yo’q mamlakat. Bu juda katta fursatdir”-dedi.
Prezident Erdog’an 5 kun mobaynida forumga qatnashgan mehmonlar Turkiyaning kuchini, imkoniyatlarini kashf qilishlaridan umidvorligini tilga oldi.
Qolaversa, Turkiya bilan amalga oshiriladigan tijorat, o’zaro investitsiya va hamkorlikning tomonlarga manfaat olib kelishini bildirib, tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashini aytib o’tdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar