Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Erbilda...

Davutog’lu Erbilda İroq Kurd mintaqaviy boshqaruv bosh vaziri Nechirvan Barzaniy va Mintaqaviy boshqaruv rahbari Mesut Barzaniy bilan uchrashdi.

200284
Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Erbilda...

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Bog’doddan Erbilga jo’nab ketdi.
Davutog’lu Erbil aeroportida İroq Kurd mintaqaviy boshqaruv bosh vaziri Nechirvan Barzaniy va bir guruh vakillar tomonidan kutib olindi.
Safari chog’ida Davutog’luga Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an, İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Bojxona va tijorat vaziri Nurettin Janikli, İchki ishlar vaziri Efkan Ala, Madaniyat va turizm vaziri O’mer Chelik, Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi elchi Feridun Sinirliog’lu, Milliy xavfsizlik tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidan hamrohlik qilmoqda.
Davutog’lu Erbilda İroq Kurd mintaqaviy boshqaruv bosh vaziri Nechirvan Barzaniy va Mintaqaviy boshqaruv rahbari Mesut Barzaniy bilan uchrashdi.
Bo’lib o’tgan uchrashuvlarda İroqning siyosiy barqarorligi, İSHİDga qarshi kurash, energiya hamkorligi va xavfsizligi kabi mavzular muhokama qilindi.
Bu masalalar bo’yicha muhokamalar yakunlangach, Bosh vazir Davutog’lu bilan Mesut Barzaniy mushtarak matbuot anjumani o’tkazadi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar