Turkiya Afg’onistonni har sohada qo’llab quvvatlaydi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Afg’oniston Prezidenti Eshref Gani Ahmedzai Turkiya-Afg’oniston-Pokiston o'rtasidagi munosabatlarni qo'zdan kechirdi.

162503
Turkiya Afg’onistonni har sohada qo’llab quvvatlaydi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an kecha Afg’onistonda bo’lib qaytdi.
Erdog’an bilan Afg’oniston Prezidenti Eshref Gani Ahmedzai o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda, mintaqadagi so’ngi vaziyat bilan bir qatorda, Turkiya-Afg’oniston-Pokiston munosabatlariga o’rin berildi.
Asosan terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorlikning ahamiyatiga to’xtalgan Erdog’an, “O’tkazilgan saylovlarda Pokistonning chegaralarida terror vositalarining o’tishini ta’qiqlashga doir olingan chora-tadbirlar quvonarlidir. Bu tadbirlar Afg’onistonda saylovning tinch-osuda o’tkazilishini ta’minladi”-dedi.
Turkiya-Afg’oniston-Pokiston o’rtasidagi munosabatlarga ahamiyat berganini ta’kidlagan Erdog’an, bunga doir faoliyatlarni kuchaytirish va bundan ijobiy natija olish kerakligini bildirdi.
Uch davlat o’rtasidagi yig’ilishlarning navbatdagisi 2015 yil boshlarida İstanbulda amalga oshirilishini talab qilgan Turkiya Afg’onistonni har sohada qo’llab quvvatlamoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar