İsmet Yilmaz:"NATO Turkiyani mudofaa qiladi"

Turkiya Milliy Mudofaa vaziri İsmet Yilmaz NATOning mushtarak mudofaa sistemasi kuchga kirganini bildirdi.

150164
İsmet Yilmaz:"NATO Turkiyani mudofaa qiladi"

Turkiya Milliy Mudofaa vaziri İsmet Yilmaz kecha Sivasda hayit bayrami munosabati bilan tashkil qilingan bayram dasturiga qatnashdi va u yerda muhbirlarning savollariga javob berdi.
Yilmaz savollarga javob berar ekan, “Turkiyaga hujum qilingan taqdirda, NATO Vashington shartnomasining 5-moddasida belgilangan hukmni bajaradi”-dedi.
Shuningdek, ehtimoliy hujumga qarshi Turkiyani himoya qilishga doir, NATOning 5-moddasi juda aniq ekanini, İttifoqdosh davlatga biron hujum qilingan taqdirda, bu hujum barcha ittifoqdosh davlatlarga sodir qilindi deb hisoblanishi, shu sababli NATOning mushtarak mudofaa sistemasi kuchga kirganini bildirdi.
Suriyada notinchlik boshlangan kundan e’tiboran, Turkiya NATOdan zarur rejalarni tezlashtirishini talab qilganini tilga olgan İsmet Yilmaz quyidagilarni tilga oldi: “NATO barcha imkoniyatlarni nazarda tutgan holda bir reja tayyorladi. Turkiyaga biron hujum sodir qilingan taqdirda NATO Vashington shartnomasining 5-moddasida belgilangan hukmni bajaradi. Yangi bosh kotib ham “Turkiyaga hujum qilinsa biz hamisha mudofaa qilishga tayyormiz”-deya ma’lum qildi”-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar