Turkiya Prezidenti Erdog’anning New York ziyorati davom etmoqda

Erdog’an New Yorkda Sloveniya Prezidenti Borut Pahor, Ruminiya Bosh vaziri Viktor Ponta, Gruziya Bosh vaziri İrakli Garibashvili, İtaliya Bosh vaziri Matteo Renzi va boshqa ko'plab davlat rahbarlari bilan uchrashdi.

136712
Turkiya Prezidenti Erdog’anning New York ziyorati davom etmoqda

Turkiya Prezidenti Erdog’anning New York ziyorati davom etmoqda.
Erdog’an kecha New Yorkda davlat va hukumat rahbarlari bilan o’zaro uchrashuv amalga oshirdi.
Dastlab İtaliya Bosh vaziri Matteo Renzi bilan uchrashgan Erdog’an, Turkiyaning Yevropa İttifoqiga a’zolik jarayonida ko’rsatgan qo’llab quvvatlovi uchun İtaliyaga minnatdorchilik bildirdi.
Renzi esa, Turkiyaning to’liq a’zo bo’lishi Yevropa İttifoqini yana ham kuchlantirishiga e’tibor qaratdi.
İroq, Suriya va Liviyadagi o’zgarishlar ko’zdan kechirilgan uchrashuvda, İtaliya va Turkiya o’rtasida mudofaa sano’ati bo’yicha hamkorlik qilish masalasi muhokama qilindi.
Prezident Erdog’an so’ngra Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashdi.
İkki davlat rahbari mintaqaviy mavzularda yana ham yaqindan faoliyat ko’rsatish bo’yicha kelishib oldi.
Erdog’an Turkiyaning BMT xavfsizlik kengashi nomzodligiga doir qo’llab quvvatlovi tufayli Eronga minnatdorchilik bildirdi.
Ruhoniy uchrashuv chog’ida Erdog’anni Tehronga taklif qildi.
Turkiya Prezidenti Erdog’an İroq Prezidenti Fuat Masum bilan bo’lgan uchrashuvida esa, Bog’dodda tuzilgan yangi hukumatga muvaffaqiyatlar tilagan holda, Turkiya İroqning birlik va hamjihatligiga ahamiyat berishini ifoda etdi.
Terrorizmga qarshi mushtarak kurashning ahamiyatiga e’tibor qaratilgan uchrashuvda, o’zaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha kelishib olindi.
Bundan tashqari, Erdog’an New Yorkda Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbas bilan uchrashdi.
Uchrashuvda G’azodagi sulh bitimini doimiylashtirishning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Erdog’an bundan keyin ham Turkiya sifatida Falastinni qo’llab quvvatlashini bildirdi.
Erdog’an New Yorkda bundan tashqari, Sloveniya Prezidenti Borut Pahor, Ruminiya Bosh vaziri Viktor Ponta, Gruziya Bosh vaziri İrakli Garibashvili va Grenada Bosh vaziri Keith Mitchell bilan uchrashdi.
Uchrashuvlardan so’ng BMT iqlim yig’ilishiga qatnashgan Erdog’an Turkiya iqlim o’zgarishi mavzuida zimmasiga tushgan mas’uliyatni bajarishga tayyor ekanini tilga oldi.
Erdog’an Amerika Prezidenti tomonidan hay’at rahbarlari va rafiqalari sharafiga berilgan rasmiy ziyofatga tashrif buyurdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar