Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Hakan Fidanni qabul qildi

Milliy xavfsizlik tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidan Prezident R.T.Erdog’anga milliy xavfsizlik bo’yicha ma’lumot berdi.

122733
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Hakan Fidanni qabul qildi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Kecha Chankaya ko’shkida Milliy xavfsizlik tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidanni qabul qildi.
Hakan Fidan Prezident R.T.Erdog’anga milliy xavfsizlik masalalari bo’yicha ma’lumot berdi.
So’ngra Chankaya ko’shkiga Bosh vazir Ahmet Davutog’lu tashrif buyurdi.
Prezident bilan Bosh vazir o’rtasida 2 soat davom etgan uchrashuvda, İroq va Suriyadagi o’zgarishlar bilan bir qatorda, mintaqadagi vaziyat muhokama qilindi.
Prezident Erdog’an bundan tashqari Harbiy Bosh shtab raisi general Nejdet O’zel va komondonlarni qabul qildi.
Qabulda mintaqaviy o’zgarishlar va Turkiyaning xalqaro tashabbuslarga nisbatan munosabati ko’zdan kechirildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar