"Faol bir Prezident bo'laman"

Prezident nomzodi va Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdog'an, saylangan taqdirda faol bir Prezident bo'lishini izohladi.

80313
"Faol bir Prezident bo'laman"

"Faol bir Prezident bo'laman"  

Prezident nomzodi va Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdog'an, saylangan taqdirda faol bir Prezident bo'lishini izohladi.

Bir televidenya kanalida kun tartibidagi mavzular bilan aloqali savollarga javob bergan Bosh Vazir Erdog'an, saylangan taqdirda qanday bir prezident bo'lishini tushuntirdi.

Prezidentning xalq tomonidan saylanishini ifoda etgan Erdog'an, shu bois ayni paytda davlatning boshida bo'lgani uchun kerak bo'lganda Vazirlar Kengashiga ham boshchilik qilishini takidladi.

İsroilning G'azo amaliyotlariga to'xtalib o'tgan Bosh Vazir Erdog'an, BMT Bosh Kotibi Ban Ki Moon bilan uchrashganini, Ban Ki Moonga, İsroilning G'azo hujumlari tufayli BMT Xavfsizlik Kengashini yig'ilishga chaqirishi kerakligini izohlaganini bildirdi.

Turkiyaning, TİKA va Qiziloy orqali G'azoga, dori-darmon va oziq-ovqat yuborishga boshlaganini ifoda etgan Erdog'an, lekin İsroil hududda ayovsiz hujumlarini davom ettirgani uchun u yerga borish qiyin bo'lganini izohladi.

Turkiyaning 2023 yili maqsadini bildirgan Erdog'an, Turkiyani rivojlangan madaniyatlar saviyasiga ko'tarish g'ayratining 2023 yili dunyoda ilk 10 orasiga Turkiyaning kirishi uchun maqsadlaridan yon bermaganliklarini bildirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar