Erdog'an Denizlidagi saylov mitingida so'zga chiqdi

Konstitutsiyada prezidentlik vazifasi ta’riflanar ekan, “Boshqaruvning boshchisidir” degan ifoda borligini eslatgan Erdog’an prezidentning xalqqa xizmat qilishi kerakligini tilga oldi.

123139
Erdog'an Denizlidagi saylov mitingida so'zga chiqdi

Turkiyada saylov oldidan nomzodlar saylov tashviqotlarini yuritmoqda.
Prezidentlikka nomzodini qo’ygan Bosh vazir R.T.Erdog’an Turkiyaning prezidenti davlat bilan millatni bir-biridan ajratmasligi kerakligini va ularning xizmatkori bo’lishi kerakligini tilga oldi.
Denizlidagi saylov mitingida so’zga chiqqan Erdog’an prezidentning siyosatdan yiroq bo’lishi xaqidagi tortishuvlarga to’xtaldi.
Konstitutsiyada prezidentlik vazifasi ta’riflanar ekan, “Boshqaruvning boshchisidir” degan ifoda borligini eslatgan Erdog’an prezidentning xalqqa xizmat qilishi kerakligini tilga oldi.
Prezidentlikka nomzod Ekmeleddin İhsanog’lu ham İstanbul va Ankarada saylov oldi tashviqotlarini davom ettirmoqda.
İhsanog’lu prezidentning vazifalari xaqida, “Bu ishning ichida ko’prik qurish, yo’l qurish yo’q. Lekin to’g’ri yo’lni ko’rsatish va hukumatni bunga tashviq etish prezidentning vazifasidir. Prezident o’zini bosh vazirning o’rniga qo’ya olmaydi. Turkiya bu boradagi hatolarni ko’rdi, shu sababli parlament sistemasi eng to’g’ri yo’l ekanligiga qaror berdi”-dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar