Erdog’an, Biden bilan telefon orqali uchrashdi

Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdog’an, AQSh Prezident O’rinbosari Joe Biden bilan telefon orqali uchrashdi.

105779
Erdog’an, Biden bilan telefon orqali uchrashdi

Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdog’an, AQSh Prezident O’rinbosari Joe Biden bilan telefon orqali uchrashdi.

Uchrashuvda, Erdog’an bilan Biden, İroqda gavonga olingan Turk fuqarolarining vatanlariga qaytishlari uchun mushtarak faoliyatga o’tish mavzusida hamfikir bo’ldi.

Bosh Vazirlik manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko’ra, telefon uchrashuvida, boshda İroq bo’lib mintaqaviy mavzular haqqida fikir almashgani bildirildi.

İroqda mazhablararo to’qnashuvlar bo’lishidan qayg’uli ekanliklarini tilga olgan Erdog’an va Bidenning, o’lkada tuproq butunligi va siyosiy birdamligini muhofaza etish, terrorga qarshi kurashda zudlik bir kelishuv hukumati vujudga keltirishning ahamiyatiga diqqat qaratgani ma’lum bo’ldi.

Uchrashuvda, İroqda garovga olingan Turk fuqarolarining vatanlariga qaytishlari muhokama qilindi.

Erdog’an, boshda Turkmanlar gavjum yashagan hududlarga 12 İyun kunidan beri yordam yuborishga boshlanganini ham ifoda etdi.

Tahminan 45 daqiqa davom etgan uchrashuvda, Erdog’an bilan Biden, hududda Turkiya bilan AQSh ning mushtarak faoliyat olib borish uchun kelishdi.

Bosh Vazir Erdog’an, 13 İyun kuni Rize ziyorati chog’ida Biden bilan telefon orqali uchrashgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar