Bosh vazir R.T.Erdog’an Fransiyadagi turklarga hitob qildi

Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an Fransiyada yashagan turklarni juft fuqarolikka o’tishini tavsiya qildi.

102788
Bosh vazir R.T.Erdog’an Fransiyadagi turklarga hitob qildi

Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an kecha Fransiyaning Lyon shahrida Yevropalik turk demokratlar birligining 10 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan marosimda u yerda yashagan turklarga hitob qildi.
Zalga olqishlar bilan kirib kelgan Bosh vazir Erdog’an Turkiyadagi yechim jarayoniga to’xtaldi.
Erdog’an, “Turkiyada ikkinchi davlat qurishni hayol qilganlar ovora bo’ladi. Hech kim bunday hayolga aldanmasin”-dedi.
Turkiyada to’ntaruv davrlari tugaganligini bildirgan Erdog’an, 12 sentyabr inqilobini amalga oshirganlar kech bo’lsa ham adolat oldida javob berganligini va javobgarlar jazoga tortilganligini bildirdi.
Turkiyaning Yevropa İttifoqiga qabul qilinishiga doir Yevropa davlatlariga hitob qilgan Erdog’an, “Hech kim Turkiyadan qo’rqmasin. Yevropa İttifoqining Turkiyaga ehtiyoji bor. Yevropa İttifoqining irqchilik, bo’luvchilik, antisemitizm va islomofobiga qarshi kurash uchun Turkiyaga ehtiyoji bor”-dedi.
Fransiyada yashagan turklarni juft fuqarolikka o’tishini tavsiya qilgan Bosh vazir Erdog’an, Turkiyada o’tkaziladigan prezidentlik saylovida Fransiyada yashagan turklar ham ovoz berishini talab qildi.
Erdog’an Fransiyadagi uchrashuvlarini yakunlab kecha Turkiyaga qaytdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar