İslom olamiga 8 tilda " tinchlik va birodarlik" chaqirig’i…

99560
İslom olamiga 8 tilda " tinchlik va birodarlik" chaqirig’i…

İslom olamiga 8 tilda “ tinchlik va birodarlik” chaqirig’i…
Matbuot İzohati
İslom olamida sodir bo’lgan tangliklar, siyosiy va harbiy tarangliklar, mazhabga tayandirmoqchi bo’lgan to’qnoshuvlar, İslom olamining xavfsizligini tahdid etadigan saviyalarga erishdi. Eng so’ng Musul birinchi o’rinda bo’lib, Iroq va Suriyada sodir bo’lgan tanglik sharoiti tanglikni yana ham avjlantirdi. Ushbu jarayonda shiddat qamragan berilgan bayonotlar, jihod e’lonlari, muqaddas makonlarni xarob qilishga qarata tahdidlar, inson olib qochish va o’ldirishlar, yaqinlashayotgan ommaviy jojialarga ishora qilmoqda. Ushbu voqealar avjlanib orqaga qaytishi mumkin bo’lmagan bir nuqtaga kelgan taqdirda, İslom olami inosniy, ijtimoiy, diniy va mazhabiy jihatlardan doimiy parchalanishlar sodir bo’lishi majburi bo’ladi.
Shu bois barcha muammoning yechimi uchun mushtarak harakat qilishga va quyidagi masalalar doirasida harakat qilishga taklif qilamiz.
1-Musulmon kimligi, har turli mazhab, gegrafik, ertnik, siyosiy oidiyatning ustidadir.
Hech bir tuzilish İslom birodarligini va birligimizni buzishga qarata faoliyatlarga ruxsat bermasligi kerak.
Qur’on Karim va Sunnat insonlarni bir-birining joniniga, qoniniga mol- mulikiga nomusiga zarar berishni man qilgandir. Nohaq bir insonni o’ldirish, diniy jihatdan eng katta jinoyatlardan biri qabul qilingandir.
2-1400 yildir barcha fidokorliklari bilan bugungacha yetib kelgan bir jamiyatni, diniy, mazhab va etnik asoslarga tayanib boshqarish imkoniyati yo’qdir. Hech kimsa yoki hech bir guruh, bir boshqasining ishonchiga, qadriyatiga va tushunchasiga qarshi urush boshlata olmas. Barcha istiqomat qilgan tuproqlarda tarixiy tajribalariga mos ravishda erkin yashash haqqiga ega bo’lishi kerak. Buning zidi bo’lgan har harakat, tinchlik yurti bo’lgan bu tuproqlarda fitna chiqarmochi bo’lgan unsurlar sifatida ko’rilishi kerak.
3- Tarix jarayonida paydo bo’lgan Ahli Bayt va Ahli Sunnat an’analarini bir- biriga zid sifatida ko’rib buning ustida kuch kurashi olib borishni katta fitna sifatida ko’rish kerak. Ahlul Bayt hamda Ahlul sunnat ham Hz. Payg’ambarimizdandir.Bu unsurlari bir- biri bilan to’qnoshuv holida deb mudofaa qilish hech qachon qabul qilinmas.
4- Har qanday bir Musulmon guruhi, firqa yoki jamoat, o’z diniy tushunchasini mutloq haqiqat deb qabul etib boshqa tushunchalarni chetlashi, takfir etishi takfir etganlarini o’limga mahkum etishi hech qachon qabul qilinmas .bunga o’xshash tushunchalarni qonuniylashtiradigan hech bir tushuncha, Islomdan himoya ko’ra olmas.
5- Musulmon degan barcha Islom doirasidadir. Hech kimsa bir boshqasini İslomdan chiqartish salohiyati yo’qdir. Takfirni asos olgan tuzilishlar, qanday tarixda Musulmon vijdonlar tomonidan mahkum qilingan bo’lsa, bugungi kunda ham yangi o’rtaga chiqqan ushbu tushunchalar vijdonlar tomonidan qabul etila olmas.aql va vijdon egasi har Musulmon o’z aqli bilan bunday narsalarga fursat bermas.
6- Manfaat kurashlarining qurboni bo’lgan mudofaasiz insonlar, bolalar, ayollar va keksalarning yo’q etilishi va insonlarni joylaridan va yurtlaridan surish bilan ishoo etiladigan bir tashkilotning Islom bilan hech bir aloqasi bo’la Olmas.
7-
Ba’zi muhitlar, Najaf va Karbalo bo’lgan ahlul Baytning ulug’lari Hz. Ali Husein va Abul Fadil Abbas kabi ma’naviy shaxsiyatlarning qabrlarini buzish tahdidlar qamargan izohatlar hech qachon qabul etilmas. Chunki, Najaf va Karbalo kabi istisno makonlar, Hz. Ali, Hz, Husein va Abul Fadil Abbas kab Ahlul Bayt buyuklari Shialar yoki Sunniylar tomonidan emas, butun Islom ummatining mushtarak qadriyatidir.
8- Ayni shaklda ba’zi muhitlar boshqalariga qarshi jihod e’lon qilishi ham qabul etila olmas. Chunki Qur’on Karim va Sunnat, Musulmon Musulmonga qarshi jihod hech qachon e’lon qila olmas. Bugungi kunda Musulmonlar kurashadigan eng katta unsur esa kambag’allik, jaholat va fitnadir. Hech kimsa, zulmga qarshi jihod da’vosi bilan boshqa zulmlarning sodir bo’lishini qonuniy deb ko’ra olmas.
9- Bu jarayonda men olimlardan va diniy tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan fatvolar, juda ham qayg’u beruvchidir. Olimlarning eng katta mas’uliyati, Musulmon jamiyatlarini bo’lish uchun fatvolar berish o’riniga, İslom olamidagi farqliliklarni bir boylik sifatida ko’rib tinchlik bilan birgalikda yashash axloqini va huquqini qaytadan muştahkamlash kerak. Bugun, mazhab to’qnoshuvlari va urushni to’xtatmagan bir so’zning hech bir zamon bir qimmati bo’lmaganidek, urushga o’limga sabab bo’ladigan fatvolarning hech bir qimmati yo’qdir. Aksi taqdirda butun İslom olami jinoyatga, barcha Islom olimlari jinoyatga sherik bo’ladi. Butun ushbu sodir bo’layatganlarni qayg’u bilan izlash yetarli emas. Bunday yomon fojialarning oldini olish uchun butun diniy rahbarlar bunga qarorlilik harakat qilib birdamlik uchun kurashishlari lozim. Bu esa barchamizning diniy, axloqiy va vijdoni vazifamizdir.
10- Shiddat sodir bo’layotgan mintaqalardagi diniy tashkilot namoyanlari uchrashib birinchi o’rinda Iroq va Suriya bo’lib, to’qnoshuv sodir bo’lgan mintaqalar bilan tegishli axloqni asos olgan yechim yo’llarini topish uchun harakat qilishlari kerak. Islom olamidagi diniy- ma’naviy sahdagi rahbarlardan tashkil topgan bir hayat, mazhabga tayangan zidiyatlarni bartaraf etish uchun harakatga o’tishlari lozim. Bu jihatda xalqaro sifati bo’lgan Musulmon tashkilotlar mas’uliyat olishlari kerak. Turkiya diniy İshlar Boshqarmasi Rahbariyati, bu mavzuda vazifa o’z zimmasiga olishdan baxtiyor bo’ladi. 1

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar