Turkiya Prezidenti Abdullah Gul Musuldagi hodisalarga to'xtaldi

Abdullah Gul Musulda asirga olingan turklarni qutqarish uchun barcha imkoniyatlar safarbar qilinganini bildirdi.

97742
Turkiya Prezidenti Abdullah Gul Musuldagi hodisalarga to'xtaldi


Turkiya Prezidenti Abdullah Gul Musulda asirga olingan turklarni qutqarish uchun barcha imkoniyatlar safarbar qilinganini bildirdi.
Tekirdag’da xalqqa hitob qilgan Abdullah Gul “Turkiya turkmanlarni doimo qo’llab quvvatlaydi”-dedi.
Abdullah Gul: “Qo’shni davlat İroqda yuz bergan hodisalar mazhab to’qnashuviga o’xshaydi. Bu juda achinarli holat. Musulmonchilikda bir insonni o’ldirish butun insoniyatni o’ldirish bilan teng. Qo’shni davlatlarda tinchlik o’rnatishga bor kuchimiz bilan harakat qilyabmiz. Musuldagi turk fuqarolarini sog’-salomat Turkiyaga olib kelish uchun barcha tegishli tashkilotlar safarbar qilingan. Umid qilamanki, fuqarolarimizni Turkiyaga sog’-salomat olib kelamiz. İkki o’t orasida qolgan turkman qardoshlarimizni ham qo’llab quvvatlaymiz. Zarur chora-tadbirlar olinadi”-dedi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar