Nejati Bigali Turkiyaning Pragadagi elchisi etib tayinlandi

Turkiyaning Sarayevodagi elchisi Ahmet Yildiz esa, Bosh vazir R.T.Erdog’anning tashqi siyosatdan mas’ul bosh maslahatchisi etib tayinlandi.

86823
Nejati Bigali Turkiyaning Pragadagi elchisi etib tayinlandi

2012 yildan beri Bosh maslahatchi lavozimini yuritgan Nejati Bigali Turkiyaning Pragadagi elchisi etib tayinlandi.
Uning o’rniga Turkiyaning Sarayevodagi elchisi Ahmet Yildiz Bosh vazir R.T.Erdog’anning tashqi siyosatdan mas’ul bosh maslahatchisi etib tayinlandi.
Elchi Ahmet Yildiz iyul oyida lavozimni rasman qabul qilib olishi kutilmoqda.
Turkiyaning Qohiradagi elchisi Huseyin Avni Botsali 2013 yilning fevral oyida Sarayevoga, Sarayevodagi turk elchi Ahmet Yildiz esa, Turkiyaning Qohiradagi elchisi etib tayinlangan edi.
Elchi Huseyin Avni Botsali Misrdagi harbiy rejim tomonidan ta’qiqlanishi bilan, elchi Yildiz ham Qohiradagi vazifasiga jo’natilmagan edi.
Elchi Botsali esa Parijda Turkiyaning UNESCOdagi doimiy vakili etib tayinlangan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar