Bosh vazir o’rinbosari Chernogoriyaga safar qilmoqda
Emrullah İshler Chernogoriya Prezidenti Filip Vijanovich tomonidan qabul qilinadi.
Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Emrullah İshler va hamrohligidagi delegatsiya rasmiy uchrashuvlarni amalga oshirish va TİKA loyihalarining ochilishini amalga oshirish uchun bugun Chernogoriyaning poytaxti Podgoritsaga otlanmoqda.
Chernogoriya Prezidenti Filip Vijanovich tomonidan qabul qilinadigan İshler Chernogoriya Bosh vazir o’rinbosari Rafet Husovich va Tashqi ishlar vaziri İgor Luksich bilan uchrashadi.
Emrullah İshler ziyoratining 2-kunini TİKA loyihalarining ochilishiga ajratadi.
Emrullah İshler TİKA tomonidan Chernogoriyaning Bar shahriga qurilgan Selimiya jome’yi va İslom madaniyat markazining ochilishiga qatnashadi.
Qolaversa, turk delegatsiyasi Nizam jome’yi bilan Tuzi shahidlar hiyobonini ham ziyorat qiladi.
Aloqador xabarlar
Erdo’g’an Kosovo Bosh vaziri Albin Kurtini qabul qildi
Erdo’g’an, Prezidentlik majmuasida Kosovo Bosh vaziri Albin Kurti bilan uchrashdi.