Prezident Erdo‘g‘an Rossiyaga amaliy tashrif uyushtirmoqda

Prezident Erdo‘g‘an 5-avgust kuni Rossiyaga amaliy tashrif uyushtirmoqda.

1859766
Prezident Erdo‘g‘an Rossiyaga amaliy tashrif uyushtirmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 5-avgust kuni amaliy tashrif bilan bir kunligiha Rossiyaga boradi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Erdo‘g‘an, ushbu amaliy tashrif doirasida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Unda Erdo‘g‘an bilan Putinning, Rossiya-Ukraina urushi va mintaqadagi boshqa masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda.

Ikkala davlat rahbari shuningdek, don eksport qilish yo‘lagi mavzusini ham qo‘lga olishi mumkun.



Aloqador xabarlar