Chavushoʻgʻlu: "Maqsadimiz, Ukrainadagi urushga chek qoʻyish".

Mevlut Chavushoʻgʻlu, Kambodja poytaxti Punom Penda uyushtirilgan Turkiya va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi (ASEAN) tarmoqli muloqat sherikligi yig‘ilishida nutq soʻzladi.

1863337
Chavushoʻgʻlu: "Maqsadimiz, Ukrainadagi urushga chek qoʻyish".

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Istanbulda imzolangan don koridori kelishuviga e’tibor qaratgan holda:

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), kelishuvning jahon oziq-ovqat bozorlarida ishonchni tiklashga va narxlarni pasaytirishga yordam beradi degan fikrda. Shuningdek, ushbu soʻnggi kelishuv muzokara imkoniyatlarini oshirishidan umidvormiz”.-dedi.

Chavushoʻgʻlu, Kambodja poytaxti Punom Penda uyushtirilgan Turkiya va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi (ASEAN) tarmoqli muloqat sherikligi yig‘ilishida nutq soʻzladi.

Dunyoning tuzilmaviy oʻzgarishlardan oʻtayotganini ifoda etgan Chavushoʻgʻlu,

“Savdo urushlari, pandemiya (Covid-19) va Ukrainadagi urush global manzarani butunlay oʻzgartirdi. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) global oʻsish tahminlarini 3,2 foizga tushirdi. Jahon banki ortgan stagflyatsiya xavfi ustidan ogohlantirdi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Chavushoʻgʻlu, bularga qaramay XVJ tomonidan 2022-yili Turkiyaning 4 foizga oʻsishini qayd etganini ifoda etgan holda, Turkiya iqtisodiyotining joriy yilning birinchi choragida 7,3 foiz oʻsganiga diqqat qaratdi.

Xuddi shunday, OECD (Iqtisodiy Hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) oʻzining kelajakdagi tahminlarida ASEAN iqtisodlari uchun 2022 va 2023 yillarda 5,2 foizlik oʻsishni kutayotganiga toʻxtalgan Chavushoʻgʻlu:

“Biz ushbu yangi normalarga moslashar ekanmiz qit’adagi asosiy oʻsish dvigatellari va muvaffaqiyat hikoyalaridan biri boʻlgan ASEAN, yana-da maqsadga muvofiq holga keladi.  Mintaqaviy keng qamrovli iqtisodiy hamkorlik (RCEP) bilan ASEAN yanada markaziy rol oʻynaydi”.-deya gapirdi.

Turkiya-ASEAN hamkorligining ortib borayotgan bu qiyin paytlarda global iqtisodiyotga yordam berishini qayd etgan Chavushoʻgʻlu, bu hamkorlikning faqatgina oʻsish bilan bogʻliq emasligini, balki bu hamkorlikning yangi bozorlarga erishishda ham farq qilishini qayd etdi.

Chavushoʻgʻlu, Turkiyaning BMT bilan jadal diplomatik sa’y-harakatlari tufayli Ukrainaning don va don mahsulotlarini xavfsiz tashish boʻyicha kelishuvga erishilganiga e’tibor qaratdi va oʻz soʻzini quyidagicha davom etdi:

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), kelishuvning jahon oziq-ovqat bozorlarida ishonchni tiklashga va narxlarni pasaytirishga yordam beradi degan fikrda. Shuningdek, ushbu soʻnggi kelishuv muzokara imkoniyatlarini oshirishidan umidvormiz. Maqsadimiz, Ukrainadagi urushga chek qoʻyish. Bu yoʻnalishdagi faoliyatlarimizda ASEAN boʻyicha hamkorlarimizning qoʻllab-quvvatlashini his qilmoqdamiz”.

 


Tanlangan kalimalar: #Mevlut Chavushoʻgʻlu , #ASEAN , #Kambodja

Aloqador xabarlar