Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Latviyaga tashrif buyurdi

Rasmiy tashrif doirasida poytaxt Rigada bo'lgan Hulusi Akar sharafiga "Brethren" qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi o'tkazildi.

1860731
Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Latviyaga tashrif buyurdi

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Latviyaga tashrif buyurdi.

Rasmiy tashrif doirasida poytaxt Rigada bo'lgan Hulusi Akar sharafiga "Brethren" qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi o'tkazildi.

Hulusi Akar boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi mamlakatning eng yirik yodgorlik majmuasi hisoblangan "Qahramonlar" yodgorlik majmuasida bo'ldi. U yerda Latviya Bosh vazir o’rinbosari va Mudofaa vaziri Artis Pabriks tomonidan kutib olingan Hulusi Akar so’ngra marosim o’tkaziladigan maydonga tashrif buyurdi.

Qarorgohda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shuningdek, harbiy orkestr tomonidan ikki davlat milliy madhiyalari yangradi. Yodgorlik poyiga gulchambar qo‘ygan Hulusi Akar shahidlar xotirasi uchun bir daqiqa sukut saqladi.

Marosim harbiy paraddan so‘ng yakunlandi.

Turkiya delegatsiyasining Latviyaga tashrifi davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Latviya , #Hulusi Akar , #Turkiya

Aloqador xabarlar