Prezident Erdo’g’an, Shvetsiya bizga 73 nafar terrorist yuboradi dedi

Erdo’g'an Ispaniyada bo'lib o'tgan  NATO davlat va hukumat rahbarlari sammiti yakunida jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

1850803
Prezident Erdo’g’an, Shvetsiya bizga 73 nafar terrorist yuboradi dedi

 

"Shvetsiya bizga 73 nafar terrorchi jo'natadi. Ular hozirda 3-4 nafarni yubordilar, ammo bu yetarli emas." dedi.

Erdo’g'an Ispaniyada bo'lib o'tgan  NATO davlat va hukumat rahbarlari sammiti yakunida jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Shvetsiya 73 nafar qochoq terroristni Turkiyaga ekstraditsiya qilishga va'da berganini eslatgan Prezident,

"Shvetsiya bizga 73 nafar terrorchi yuboradi. Hozir 3-4 nafarini yuborgan. Lekin bular bizga yetarli emas. Albatta, Adliya vazirligimiz, Tashqi ishlar vazirligimiz, Milliy razvedka tashkilotimiz ularni yaqindan  kuzatib boradi. va “Bu terrorchilarni yuboringlar, ko‘ramiz”, ular kelishdi, kelmasalar, istalgan vaqtda muassasa va bo‘linmalarimiz orqali kerakli ishlarni qilishda davom etamiz”.  dedi u.

Bundan buyon PKK va FETO’ a’zolarining terror tashviqotini olib borishi, mamlakatimiz va fuqarolarimizga hujum qilishi, vayronagarchiliklar uyushtirishi ancha qiyin bo’ladi” dedi. Erdo’g'an,

"Keyingi jarayon Shvetsiya va Finlyandiyaga tegishli. Qachonki xato bo'lsa, bizda allaqachon   muhim hujjatlar bor va biz kerakli narsani qilamiz." dedi.

Erdo’g'an, sammit doirasida o'tkazilgan uchrashuvlar orqali terror tashkilotlari PKK/PYD/YPG va FETO’ NATOning yozma qaydlariga kirganini ham bildirdi.

Prezident,

"Bu mavzu birinchi marta yozma ravishda qayd etildi. Ya'ni Yevropa Ittifoqi matnlarida PKK bor edi, YPG/PYD va FETO’ esa yo'q edi". dedi.

Boshqa tomondan, Prezident Erdo’g'an, Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda, Suriyada terroristlarga yuk mashinalari orqali yuborilgan qurollar kun tartibiga  keldimi degan  bir savolga Prezident Erdo'g'an:

"Albatta, men buni aytdim. Men uni (AQShning avvalgi prezidenti DonaldTramp) davridan boshladim , "Bu yerga minglab yuk mashinalari qurol, transport vositalari, jihozlar va o'q-dorilar olib kelingan", dedim. "Endi bu yerda terror boʻyicha muzokaralar olib boramiz. Lekin Turkiyani nishonga olgan terrorchilarga qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, transport vositalari va jihozlar berilsa, NATO hamkorlari sifatida qanday birdamlikda boʻlamiz?"  deya qayd etdi.

Erdo‘g‘an, NATO sammitidagi barcha liderlar  “Vositachi bo‘laylik, (Turkiyani) Gretsiya bilan  yarashtiraylik ” degan yondashuvga ega ekanligini ham aytib o‘tdi.

“Kechirasiz, hozircha vaqtimiz yo‘q”, dedik”, dedi u.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar