Prezident Erdo‘g‘an bilan AQSh Prezidenti Bayden NATO sammiti kun tartibini ham baholadi

Prezident Erdo‘g‘an bilan AQSh Prezidenti Joe Bayden telefon orqali muloqot qildi.

1849374
Prezident Erdo‘g‘an bilan AQSh Prezidenti Bayden NATO sammiti kun tartibini ham baholadi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Joe Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra muloqat chog‘ida, Turkiya-AQSh munosabatlari va mintaqaviy mavzular muhokama qilindi.

Prezident Erdo‘g‘an bilan AQSh Prezidenti Bayden muloqatda shuningdek, Ispaniya poytaxti Madridda bo‘lib o‘tadigan NATO Davlat va Hukumat rahbarlari yig‘ilishi oldidan sammit kun tartibini ham baholadi.

Prezident Erdo‘g‘an Madridga jo‘nash oldidan aeroportda bergan bayonotida, bugun ertalab AQSh Prezidenti bilan telefonda gaplashgani va Baydenning bugun kechqurun yoki ertaga yana uchrashish istagini bildirgani, shaxsining esa ushbu taklifga “bo‘lishi mumkun” deb javob berganini yetkazgandi.

Oq uy tomonidan berilgan bayonotda, Jo Baydenning NATO sammitida Prezident Erdo‘g‘an bilan uchrashishi bildirildi.

AQSh Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ham Jo Bayden bilan Prezident Erdo‘g‘anning ertaga, NATO sammitida uchrashishi mumkinligini qayd etdi.



Aloqador xabarlar