Chavusho'g'li, Isroil Tashqi ishlar vaziri lapid bilan matbuot anjuman uyushtirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, diplomatik vakillik darajasini elchi darajasiga ko’tarish uchun Isroil bilan ish boshlaganliklarini bildirdi.

1847514
Chavusho'g'li, Isroil  Tashqi ishlar vaziri lapid bilan matbuot anjuman uyushtirdi

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, diplomatik vakillik darajasini elchi darajasiga ko’tarish uchun Isroil bilan ish boshlaganliklarini bildirdi.

Rasmiy ziyorat uchun poytaxt Anqaraga kelgan Isroil Tashqi ishlar vaziri Yair Lapid bilan uchrashgan Chavusho’g’li, mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Lapidning ziyorati Turkiya-Isroil munosabatlarini yanada rivojlantirishiga ishonganligini ifoda etgan Chavusho’g’li, diplomatik vakillik darajasini elchi darajasiga ko’tarish uchun ish boshlaganliklarini aytdi.

Isroilliklarga qarshi terror tahdidiga to'xtalgan Chavusho'g'li, xavfsizlik masalalarida Isroil bilan hamkorlikda ekanliklarini bildirdi.

“Mamlakatimizda bunday hodisalar, bunday hisob-kitoblar, teraktlar sodir etilishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz.

Chavusho’g’li, Turkiyaning ikki davlat yechim taklifi Falastin masalasi uchun ham o’rinli ekanligini ta’kidladi.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Lapid esa Turkiyaga sayohat ogohlantirishlarini o'zgartirib, Isroil elchisining yaqin kelajakda Turkiyaga qaytishi uchun qadam tashlaganliklarini bildirdi.

Lapid,

"Men goʻzal Istanbul va tugʻilib oʻsgan shahringizning goʻzal plyajlariga qoyil qolaman. Umid qilamanki, isroilliklar yaqin kunlarda bu yerga qaytishadi. Turkiya fuqarolari tez orada Istanbuldan toʻgʻridan-toʻgʻri reys orqali Quddusga borishlari mumkin boʻladi", - dedi

 

 

 

 



Aloqador xabarlar