Turkiya Afg‘onistonga ta'ziya izhor etdi

Kecha kechqurun Afg‘onistonda 5.9 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.

1846994
Turkiya Afg‘onistonga ta'ziya izhor etdi

Turkiya Afg‘onistonda sodir bo‘lgan yer silkinishi qurbonlari uchun ta’ziya izhor etdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Afg‘onistonning sharqiy qismida sodir bo‘lgan 5,9 magnitudali yer silkinishining ayniqsa, Paktika viloyatida ko‘plab insonlar umriga va sog‘ligiga zomin bo‘lgani haqidagi xabarning katta qayg‘u bilan olingani qayd etildi.

Afg‘onistonda faoliyatlarini davom ettirayotgan Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan mintaqadagi yer silkinishi qurbonlari uchun insonparvarlik yordami yuborilgani bildirilgan bayonotda:

“Turkiya har doimgidek yer silkinishidan ziyon ko‘rgan afg‘on xalqiga har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor. Hayotdan ko‘z yumganlarga Olloxdan rahmat, yaqinlari va qardosh Afg‘oniston xalqiga ta’ziya izhor etamiz. Tan jarohati olganlarga esa shifo tilaymiz”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan yer silkinishida 920 kishining hayotdan ko‘z yumgani, 600 kishining esa tan jarohati olgani ma’lum qilingandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Afg‘oniston , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar