Mavlud Chavusho’g’li Kosovo prezidenti Vyosa Usmoniy tomonidan qabul qilindi

Uchrashuvda tashqi siyosat, mudofaa, savdo va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar muhokama qilindi.

1845631
Mavlud Chavusho’g’li Kosovo prezidenti Vyosa Usmoniy tomonidan qabul qilindi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Kosovodagi uchrashuvlari doirasida Prezident Vyosa Usmoniy va Bosh vazir Albin Kurti tomonidan qabul qilindi.

Kosovo Prezidentligidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Usmoniy va Chavusho'g'li, "davlatlararo aloqalar mukammal" ekanligini tasdiqlovchi muhim uchrashuvni amalga oshirdi.

Uchrashuvda tashqi siyosat, mudofaa, savdo va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Usmoniy G'arbiy Bolqon davlatlarining Yevro-Atlantika tuzilmalariga integratsiyalashuvi Rossiyaning mintaqadagi ta'siri va beqarorlik tendentsiyasiga to'sqinlik qilayotganini aytdi.

U shuningdek, Kosovo va mintaqaning Yevro-Atlantika tuzilmalariga a'zo bo'lishining bir zarurat ekanligiga diqqat qaratdi.

"Prezident Erdo'g'an Kosovoning NATO va boshqa xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'lishini to’liq qo'llab-quvvatlagani uchun undan minnatdorman. Kosovoning Yevropa Kengashiga nomzod bo’lishi uchun Turkiyaning yordamiga muhtojmiz",- dedi Kosova prezidenti.

Kosovo va Turkiya o'rtasidagi munosabatlarni strategik deb baholagan Usmoniy, Turkiyaning NATOdagi asosiy sheriklaridan biri ekanligini, Kosovodagi turk jamiyati va Turkiyadagi katta alban diasporasi ikki davlat o'rtasida mustahkam ko'prik vazifasini o'taganiga diqqat qaratdi.

U shuningdek, ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarning, ayniqsa sarmoya va Kosovoning Turkiyaga eksporti sohalarida yanada rivojlanish salohiyatiga ega ekanligini qo'shimcha qildi.

Bosh vazir Kurti bilan ham uchrashgan Mavlud Chavusog’li tafsilotlarni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

"Kosovo Bosh vaziri Kurti bilan hamkorlikni yaxshilash imkoniyatlarini muhokama qildik. Fetullohchi terror tashkiloti FETOning mavjudligi Kosovoga tahdid solayotganiga urg'u berdik",-deb yozdi Mavlud Chavusog’li.

Chavusho’g’li Kosovodagi uchrashuvlari doirasida Kosovo Atrof-muhit, fazoviy rejalashtirish va infratuzilma vaziri Liburn Aliu bilan fuqarolik aviatsiyasi bo’yicha o’zaro anglashuv memorandumini imzoladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kosovo , #Mavlud Chavusho'g’li

Aloqador xabarlar