Turkiya va Rossiya TIV rahbarlari uchrashuvi yakunlari bo'yicha matbuot anjumani o'tkazildi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyaga amaliy tashrifi chog‘ida mamlakat Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan Ukrainadagi "maxsus operatsiya" qanday borayotgani haqida ma’lumot berdi.

1840170
Turkiya va Rossiya TIV rahbarlari uchrashuvi yakunlari bo'yicha matbuot anjumani o'tkazildi

 

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyaga amaliy tashrifi chog‘ida mamlakat Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan Ukrainadagi "maxsus operatsiya" qanday borayotgani haqida ma’lumot berdi. 

“Birinchi navbatda xalqaro mavzular, albatta, Ukraina haqida gaplashdik. Ukraina bilan chegarada yillar davomida yuzaga kelgan muammolarga, xususan, tashqi kuchlar tomonidan chegaramizga solingan tahdidlarga e’tibor qaratdik. Maxsus rejaga muvofiq rivojlanayotgan Ukrainadagi urushning borishi haqida gaplashdik”, deydi Lavrov matbuot anjumanida. 

Shuningdek, Rossiya TIV rahbari Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan Anqaradagi uchrashuvni samarali deb baholagan.

"Avvalo, mehmondo‘stlik juda foydali uchrashuv uchun do‘stlarimizga, mezbonlarga yana bir bor minnatdorlik bildiramiz. Vazirlar o‘rtasidagi bu yilgi uchinchi uchrashuv", deydi Lavrov.

Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'lu, Turkiya sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Rossiya va Ukraina o'rtasida don tankerlari uchun yaratiladigan xavfsiz yo’lak masalasi bo'yicha o'rnatilishi mumkin bo'lgan mexanizm va hamkorlikni o'z ichiga olgan bir reja ishlab chiqilganligini bildirdi.

Lavrov bilan Ukraina va Rossiyadan dunyoga eksport qilinadigan mahsulotlar oldidagi to'siqlarni muhokama qilganligini qayd etgan Chavusho'g'li, Ukraina g'allasini xalqaro bozorga eksport qilish uchun turli fikrlar paydo bo'lganini va Birlashgan Millatlar Tashkilotining rejasi kun tartibida ekanini bildirdi. 

"Bu mavzuda bug'doy ortilgan kemalarni tekshirish bilan bir qatorda, BMT, Rossiya, Ukraina va Turkiya o'rtasida o'rnatilishi mumkin bo'lgan mexanizm va hamkorlikni o'z ichiga olgan reja haqida so'z ketmoqda. Biz Turkiya sifatida bu rejani mantiqiy deb topamiz va uni hayotga mos reja deb bilamiz",-deb aytgan Mavlud Chavusho'g'li.

Bu rejaning Rossiya va Ukraina tomonidan qabul qilinishi kerakligini ta'kidlagan Chavusho'g'li, "Biz BMT taklifi bilan buning tafsilotlarini muhokama qilish uchun Istanbulda yig‘ilish o‘tkazishimiz mumkinligini aytdik”,-dedi.

Chavusho’g’li Rossiyaning Ukraina g’alla mahsulotlari, kungaboqar va kungaboqar yog’ini xalqaro bozorlarga olib chiqish evaziga eksportdagi to’siqlarni bartaraf etish talabi Turkiya tomonidan juda haqli talab deb topilganini ta’kidladi.

"Rossiya tomonidan eksport qilinadigan don va oʻgʻitlargina sanksiyalarga kiritilmagan, deb bu masalani chetlab oʻtish ham toʻgʻri emas. Buni oxirgi bayonotlarda ham koʻrib turibmiz. Biroq, ushbu mahsulotlarni olib yuradigan kemalarning sug'urtasi, logistika masalalari, ularning portlarga etib borishi va to'xtab turishi, ko'rsatiladigan xizmatlar va bank operatsiyalari bilan bog'liq to'lovlar bo'yicha zarur choralar ko'rilishi kerak deb o'ylaymiz",-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.

Chavusho’g’li kemalarning xavfsiz harakatini davom ettirishi uchun olinadigan chora-tadbirlarni muhokama qilishning foydali bo’lishini va mexanizmni eng qisqa vaqt ichida amalda tatbiq etishning foydali bo’lishini aytdi.

Lavrov ham o'z navbatida Qora dengizda don tankerlari uchun yaratiladigan xavfsiz yo’lak masalasi bo'yicha, "Turk do'stlarimizning sa'y-harakatlariga katta ahamiyat beramiz. Bu juda muhim. Agar Ukraina tomoni minalardan tozalash faoliyatiga tayyor bo'lsa, biz tayyormiz",-dedi.

"Turk do’stlarimizning Turkiya-Suriya chegaralarida xorijiy kuchlar tomonidan yuzaga kelgan tahdidlarga nisbatan sezgirliklarini inobatga olamiz. Amerika Qo'shma Shtatlari Suriyadagi ba'zi tashkilotlarni noqonuniy ravishda oziqlantirmoqda",-dedi Sergey Lavrov.

 

 



Aloqador xabarlar